Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin, suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga va Uning yo‘llarini sevuvchi barcha mo‘minlarga salomlar bo‘lsin!
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) va unga birinchi bo‘lib iymon keltirgan musulmonlar qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarning peshvolaridir. Ular bilan tanishish, ularning hayotini o‘rganish, ularning matonat mash’alasi bilan yo‘limizni yoritish biz musulmonlar uchun ibrat, saboq va mukammal mezondir.
Bu asar Ali va Fotima hayotidan hikoya qilib, oila va muhabbat ularning ko‘z o‘ngida qanday bo‘lganini hikoya qiladi. Risolada oila qurishning ahamiyati, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari, qarindosh-urug‘chilik aloqalari va bu aloqalarning jamiyatdagi o‘rni kabi mavzularda fikr yuritilgan. Shuningdek, insoniy qadriyatlar toptalgan jamiyatda odob, hayo va iffatni saqlash uchun kurashib, haqiqiy dindor bo‘lishning ajoyib misollari keltiriladi.

