Kitob muallifi Emi Uebb “Future Today” prognozlash va strategik rejalashtirish bo‘yicha yetakchi xalqaro tashkilotning bosh direktori va katta tahlilchisi hisoblanadi. Aynan shu yerda dunyodagi eng yirik korporatsiyalar, banklar va hukumatlararo tashkilotlar jahon iqtisodiyoti, ijtimoiy tuzilmalari va texnologiyalari kelajagiga oid eng aniq prognozlarni oladi. Uebb o‘z faoliyati davomida “Katta to‘qqizlik” deb ataladigan dunyoning to‘qqizta eng yirik texnologiya korporatsiyasi faoliyati haqida juda qo‘rqinchli narsalarni topdi. Ularning sun'iy intellektga asoslangan ishlanmalari bizning dunyomizni yaqin kelajakda butunlay o'zgartirishi mumkin. Ammo bu o'zgarishlar yaxshi yoki yomon bo'ladimi, o'zingiz qaror qilasiz.

