«…Loran boshini yon tomonga burdi va birdan uni elektr toki urgandek cho‘chitib yuborgan g‘alati narsani ko‘rib qoldi.
Unga inson boshi — tanasiz, yolg‘iz bir bosh qarab turardi.
Bosh kvadrat shakldagi shisha taxtaga mahkamlangan edi. Taxtani to‘rtta baland, yaltiroq metall oyoq ushlab turardi. Kesilgan arteriya va venalardan shisha teshiklari orqali naychalar chiqib, juft-juft bo‘lib ballonlarga ulangan edi. Qalinroq naycha esa tomoqdan chiqib, katta silindr bilan tutashgan. Silindr va ballonlar kranlar, manometrlar, termometrlar hamda Loran uchun noma’lum asboblar bilan jihozlangan edi.
Bosh Lorangа diqqat bilan va qayg‘uli nigoh bilan qarar, kipriklarini pirpiratardi. Hech qanday shubha yo‘q edi: bosh tanadan ajratilgan holda ham mustaqil va ongli ravishda yashardi…»

