Ingliz yozuvchisi va adabiyotshunosi, tarix professori Piter Grinning ushbu kitobida qadimgi dunyoning eng buyuk istilochilaridan biri bo‘lgan Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari haqida hikoya qilinadi. U qadimgi davrning eng yirik monarxiyasini barpo etishga muvaffaq bo‘lgan. Kitobda Aleksandr Makedonskiy hayotiga oid kam ma’lum bo‘lgan, nihoyatda qiziqarli faktlar keltirilgan hamda o‘sha davr tarixiy muhiti yorqin tasvirlangan.
Nashr ko‘plab illyustratsiyalar bilan boyitilgan va harbiy xaritalar bilan ta’minlangan.

