Askanio - Aleksandr Dyumaning eng qiziqarli tarixiy romanlaridan biri. Bu asarning g‘oyasi yozuvchi qo‘liga Uyg‘onish davrining eng buyuk italyan haykaltaroshi, zargar va rangtasvir ustasi Benvenuto Chellinining xotiralari tushib qolganidan keyin paydo bo‘ldi.
Askanio ismli yosh yigit badavlat amaldorning qizi, maftunkor qiz Kolombani sevib qoladi. Ammo, baxtga qarshi, qirolning arzandasi gersoginya d’ Etamp uning o‘ziga qattiq oshiq bo‘lib qoladi va o‘z muhabbati yo‘lida hamma narsaga, hatto xiyonatga ham tayyor turadi. Yosh oshiq-ma’shuqlarga mashhur rassom va iste’dodli usta Chellini yordamga keladi. U shogirdi va go‘zal Kolombaning baxti uchun o‘z hayotini qurbon qilishga tayyor. Uning olijanob qalbi, favqulodda iste’dodi va mustahkam qo‘li nufuzli fitnachilarning makru hiylasiga qarshi turadi.
Anatoliy Zinovevich Itkinning noyob illyustratsiyalari ajoyib roman syujeti bilan uyg‘unlashib, Fransisk I hukmronligi davrida Fransiyada sodir bo‘lgan voqealar muhitini ajoyib tarzda aks ettiradi.

