Asar qahramoni Andriana - barcha yosh qizlar kabi o‘z uyi, sevimli turmush o‘rtog‘i, farzandlari, oddiygina oilaviy baxti bo‘lishini istaydi. Bu yo‘lda qancha mehnat qilmasin, kambag‘allik botqog‘idan chiqolmaydi. Vaholanki, onasining taʼrifi bilan aytganda, Andriana tabiat ato etgan husnu tavajjuhi bilan saroydagi malikalar singari go‘zal va to‘kin hayotga munosib qiz. Oilaning (aslida, to‘kis bo‘lmagan oilaning) bor umidi shu.
Asar qahramonlari orasidan o‘quvchi birorta ijobiy qahramonni ajratib ololmaydi. Andriananing o‘z taqdiriga bora-bora sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lishi, ayni damdagi hayoti axloqsizliklar ichida kechayotganidan qatʼi nazar, ko‘nglida zarracha bo‘lsin tanlagan yo‘lining noto‘g‘riligi haqidagi o‘yning yo‘qligi kitobxonni ziddiyatli fikrlar qarshisida qoldiradi.

