Islom olamining eng mashhur muhaddis va faqihlaridan biri Imom Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (rahmatullohi alayh) tomonidan yozilgan “Al-Azkor” kitobi musulmonlar uchun bebaho manbadir. Ushbu asarda Rasululloh (s.a.v.)ning turli holatlarda aytgan duolari, zikir va salavotlari to‘plangan. Kitobda shuningdek, Alloh taoloning g‘iybat va bo‘htonni man etishi, tilni yomon so‘zlardan saqlash, istig‘for aytishning fazilati kabi mavzular haqida hadislar keltirilgan. “Al-Azkor” musulmonning har kuni, har bir holatda eslab yurishi kerak bo‘lgan duolarni o‘rgatadi va ruhiy hayotni boyitadi. Bu asar Allohni zikr etish, gunohdan poklanish va qalbni tinchlikka eltuvchi yo‘l sifatida har bir mo‘min uchun zarurdir. 📘 Sahifalar soni: 544 bet 📏 Hajmi: 17×24 sm 📕 Muqova: Qattiq 🔠 Til: O‘zbek (kirill alifbosida) 🏢 Nashriyot: “Book Media Shop” MChJ qoshidagi “Munir” nashriyoti 👤 Muallif: Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 📱 Kitobning audio va elektron shaklini Munir Market ilovamiz orqali xarid qilishingiz mumkin.

