• ISBN 978-9943-7516-1-3 - 128 bet - Kiril alifbosi - SUAD - Alanga ichidagi ayol - QISSA
• Tarjimon: Nodirabegim Ibrohimova - Factor books nashriyoti
• Asarni o‘qigan o‘zbek kitobxonlarida o‘z hayotiga nisbatan shukronalik tuyg‘usi uyg‘onishi tabiiy.
“Alanga ichidagi ayol” qissasi biografik asar bo‘lib, unda muallif Suad o‘z hayotini hikoya qiladi. Iordaniyada tug‘ilgan qizaloq bolalikdayoq hayotning og‘ir sinovlarini boshdan kechiradi. Uning qishlog‘ida sevish-sevilish og‘ir gunoh sanaladi, ayollarga qul kabi munosabatda bo‘linadi. Qo‘shni yigitga ko‘ngil qo‘ygan qizning baxtli oila haqidagi o‘ylari puch bo‘ladi, u muhabbatda aldanib qoladi va o‘z oilasi tomonidan tiriklay yoqib yuboriladi. U qanday qilib omon qoladi? Yurtidan bosh olib ketgach ham alanga ta’qibidan xalos bo‘la oladimi? Asar kitobxonni so‘nggi sahifagacha ushlab turadi.



