Arab tilini o‘rta bosqichda (A2 darajasida) o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv qo‘llanma hisoblanadi. Ushbu kitob orqali o‘quvchi nafaqat yangi so‘zlar va grammatik qoidalarni o‘zlashtiradi, balki turli mavzularda arab tilida matn o‘qish, tushunish va fikr bildirish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Darslikda hayotiy mavzular, dialoglar, amaliy mashqlar, eshitish va gapirishga oid topshiriqlar keltirilgan bo‘lib, u o‘quvchini bosqichma-bosqich mustahkam til bilimiga yetaklaydi. Kitob maktab, oliy ta’lim, kurslar hamda mustaqil o‘rganish uchun qulay tuzilgan.

