DIQQAT! Hurmatli xaridor
Agar filtrsiz suv ishlatilganda choynakda 2–3 kunda ohak qatlami paydo bo‘lsa (suv juda qattiq bo‘lsa), unda Aquaphor Trio Norma (qattiq suv uchun) modelini tanlash tavsiya etilmaydi, chunki yumshatuvchi modulni har 2–4 haftada almashtirish yoki qayta tiklash talab qilinishi mumkin. O‘rtacha hisobda regeneratsiya har 3 oyda bir marta amalga oshiriladi.
Juda qattiq suv uchun teskari osmos (obratniy osmos) tizimini ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz.
Oshxona rakovinasi ostiga o‘rnatiladigan, tarkibida suvni yumshatish moduli mavjud bo‘lgan uch bosqichli oqimli ichimlik suvi tozalash tizimi.
Tozalaydi: zang va mexanik aralashmalardan; loyqalikdan; faol xlordan; og‘ir metallardan; sorbent Akvalen yordamida boshqa zararli moddalardan.

