Siz hech qachon Afrikada bo‘lishni orzu qilganmisiz? Unda u yerga mushuk Suqrot bilan birga boring. MKSga sayohatdan so‘ng u na sherlardan, na gepardlardan, hatto fillar podasidan ham qo‘rqmaydi. Siz issiq materikda, savannalarda yovvoyi hayvonlar bilan mehmon bo‘lasiz, ulkan toshbaqalarni ko‘rasiz va hatto Freddi Merkuriyning Zanzibardagi uyiga ham tashrif buyurasiz. Tezroq chamadonlaringizni yig‘ing!

