• Shaffof akril material
• 4 yoki 6 bo‘limli dizayn
• Har bir bo‘limda alohida qopqoq
• Oltin rangli metall tutqichlar
• Stol bezagi va qulay servis uchun
Ushbu akril menajnitsa stol ustida shirinliklar, mevalar, yong‘oqlar va turli desertlarni chiroyli va tartibli tarzda taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Shaffof dizayni mahsulotlarni to‘liq ko‘rsatib turadi va dasturxonga zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Menajnitsa bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, 4 yoki 6 sektsiyali variantlarda taqdim etiladi. Har bir bo‘lim alohida qopqoqqa ega bo‘lib, ichidagi mahsulotni chang va tashqi ta’sirdan himoya qiladi. Qopqoqlardagi bezakli tutqichlar ochish va yopishni qulay qiladi.
Taglik qismi mustahkam bo‘lib, oltin rangli metall tutqichlar bilan jihozlangan, bu esa idishni ko‘tarish va ko‘chirishni osonlashtiradi. O‘lchamlari rasmga ko‘ra:
Menajnitsa kundalik foydalanish, mehmon kutish, bayramona dasturxon va sovg‘a uchun juda mos. Zamonaviy interyerga mos dizayni bilan u oshxona yoki mehmonxonangizning ajralmas bezagiga aylanadi.

