Ushbu kitob yosh bolalarimizga bilimning ilk kaliti — alifboni ularning yoshi va qiziqish doirasiga mos shaklda o‘rgatishni maqsad qilgan. Har bir harfga mos rangli rasmlar kichkintoylarimizga alifboni tezroq o‘rganish va eslab qolishda katta yordam beradi. Harflar o‘rganib bo‘lingach, bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish uchun kitobda ertaklar hamda savol va topshiriqlar jamlangan. Kitob boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari, shuningdek, har bir ota-ona uchun qo‘llanma-yordamchi bo‘ladi, degan umiddamiz.

