🔥 Professional akkumulyatorli asboblar to'plami 4 tasi 1 da BIYOTI BYT-4TS07 — har qanday qurilish, montaj va ta'mirlash ishlari uchun yagona 20V kuchli platforma!
BIYOTI BYT-4TS07 — bu bitta yuqori unumdorlikka ega 20 V kuchlanishli litiy-ionli platformada ishlaydigan to'rtta eng kerakli akkumulyatorli uskunalar jamlanmasidir. To'plam tarkibiga 4.0 As sig'imli 3 ta kuchli akkumulyator kiradi, bu esa ish jarayonini to'xtovsiz davom ettirish imkonini beradi: siz bitta asbob bilan ishlayotganingizda, qolgan batareyalar zaryadlash qurilmasida quvvat olishi mumkin. Barcha uskunalar qulay saqlash va tashish uchun mustahkam plastik keysga joylashtirilgan.
1. Akkumulyatorli shurupovert BIYOTI BYT-CD1016-13C:
Burg'ulash va qotirish ishlari uchun mo'ljallangan. Mustahkam 13 mm li metall patron bilan jihozlangan.
Aylanish momenti: 45 N·m — yirik shuruplarni ham qiyinchiliksiz buraydi.
Aylanish tezligi: 1500 ayl/daq gacha (2 ta tezlikli reduktor).
2. Akkumulyatorli sikulyar (aylanma) arra BIYOTI BYT-CS150:
Yog'och, fanera va boshqa taxtali materiallarni to'g'ri hamda tez kesish uchun mobil arra.
Disk diametri: 150 mm (kesuvchi disk jamlanmada mavjud).
Kesish chuqurligi: 0 dan 56.2 mm gacha sozlanadi.
Aylanish tezligi: 0–6500 ayl/daq gacha silliq kesish uchun.
3. Akkumulyatorli bolgarka (UShM) BIYOTI BYT-AG815:
Metall va toshlarni kesish, sirtlarni tozalash hamda silliqlash uchun ixcham burchakli silliqlash mashinasi.
Disk diametri: 100 / 125 mm (silliqlash diski jamlanmada berilgan).
Aylanish tezligi: 8500 ayl/daq yuqori samaradorlik uchun.
4. Akkumulyatorli perforator BIYOTI BYT-6617:
Beton, gisht va toshlarni chuqur burg'ulash va o'yish uchun mo'ljallangan kuchli cho'tkasiz (Brushless) perforator. Cho'tkasiz motor uzoq muddat xizmat qiladi va quvvatni tejaydi.
Patron diametri: 26 mm.
Zarbalar soni: 4500 zarba/daqiqa | Aylanish tezligi: 1500 ayl/daq.
Qulayliklari: Qo'shimcha aylanma tutqich va chuqurlikni o'lchagich cheklovchisi bor.
📋 To'plamning umumiy texnik xususiyatlari:
Brend: BIYOTI
To'plam modeli: BYT-4TS07
Artikul: 311028
Akkumulyator turi: Li-ion (Litiy-ionli)
Kuchlanish: 20 V
Akkumulyator sig'imi: 4.0 As (Ah)
Jamlanmadagi batareyalar soni: 3 dona.

