• Turi Portativ Smart-proektor
• Quvvat Akkumulyator + 220V tarmoq
• Videoni o‘qish 4K / Full HD Support
• Tizim Android (ilovalarni o‘rnatish mumkin
• Simsiz aloqa Wi-Fi (2.4/5G), Bluetooth
• Kirish portlari HDMI, USB, Audio Jack 3.5mm
• Xususiyati 180° ga burilish (shiftga proeksiya)
Siz qayerda bo‘lsangiz — kinoteatr o‘sha yerda! Simlar va rozetkalarni unuting. Ushbu ixcham proektor o‘rnatilgan akkumulyator, kuchli dinamik va Android tizimi bilan jihozlangan. Tabiat qo‘ynida romantik kino kechasini uyushtiring, mashinada bolalarga multfilm qo‘yib bering yoki yotoqxonangiz shiftida YouTube tomosha qiling. 4K videoni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tiniq va yorqin tasvirni ta'minlaydi.
Nima uchun bu proektor — mavsum xiti?
- 🔋 O‘rnatilgan akkumulyator: Avtonom ishlaydi! Uni toqqa (poxodga), piknikka olib chiqing yoki uyingizda uzaytirgich (udlinitel) qidirmasdan xonadan xonaga olib yuring.
- 📺 4K ni qo‘llab-quvvatlash: Qurilma protsessori 4K formatdagi videolarni osonlik bilan o‘qiydi va qotmasdan namoyish etadi.
- 🔊 O‘rnatilgan ovoz (Dinamik): O‘zingiz bilan alohida kalonka olib yurish shart emas. Agar yanada kuchliroq ovoz kerak bo‘lsa, Bluetooth orqali tashqi kalonkani ulashingiz mumkin.
- 📱 Ekran translatsiyasi: Wi-Fi orqali smartfoningizdagi (iOS/Android) video, rasm va o‘yinlarni simsiz katta ekranga chiqarib yuboring.
- 🤖 Smart TV (Android): YouTube, Netflix va onlayn-kinoteatrlar ichida bor. Shunchaki Wi-Fi ga ulang va tomosha qiling.
- Buriluvchi mexanizm: Qulay taglik tasvirni devorga yoki shiftga (potolok) istalgan burchak ostida tushirish imkonini beradi.
- Ishlatish g‘oyalari
- Dalahovli/Tabiatda: Olov atrofida kino kechasi.
- O‘yinlar (Gaming): Pristavkani ulab, ulkan ekranda o‘ynang.
- Bolalar uchun: Uxlashdan oldin shiftda multfilmlar (ko‘z uchun xavfsiz, chunki nur qaytarilgan).