X9 akkumulyatorli avtomoyka avtomobil, mototsikl, velosiped, hovli jihozlari, bog‘ asboblari va boshqa yuzalarni yuvish uchun mo‘ljallangan portativ qurilma. Qurilma simsiz ishlaydi, shuning uchun uni garajda, hovlida, yo‘lda yoki elektr rozetkasi bo‘lmagan joyda ham ishlatish qulay.
Model 1.7 MPa gacha pik bosim beradi. 5 ta purkash rejimi bor: yuqori bosim, oddiy rejim, 25° veer, 40° veer va poliv rejimi. Bu yengil kirlarni yuvish, ko‘pik sepish, suv bilan chayish va keng yuzalarga purkashda qulaylik yaratadi.
Akkumulyator sig‘imi 4000 mAh × 3 / 43.2 Wh. Bir zaryadda ishlash vaqti 30 daqiqagacha. Qurilmani Type-C kabel orqali yoki avtomobilning 12V prikurivatel porti orqali zaryadlash mumkin. 12V avtomobil zaryadlovchi kabeli yo‘lda ham qulay foydalanishga yordam beradi.
Komplektda asosiy avtomoyka, 5 m shlang, filtr, penobak, 2 ta adapter, avtomobil zaryadlovchi 12V va USB-A → Type-C kabel mavjud. Qurilma yig‘ma va ixcham tuzilishga ega, saqlash va olib yurish uchun qulay.
Akkumulyatorli ishlaydi, rozetkaga bog‘lanib qolmaydi.

