"Garanti" bankining muvaffaqiyat tarixi haqiqatan ham noyobdir. Uning tayinlangan boshqaruv raisi Akin Ongor, chinakam afsonaviy shaxs sifatida oddiygina turk bankini atigi to'qqiz yil davomida jahon darajasidagi moliyaviy institutga aylantirdi. O'zi tashkil qilgan boshqaruv jamoasi bilan birga Akin Ongor tom ma’noda bank faoliyatining barcha jihatlariga ta'sir ko'rsatadigan o'zgarishlar dasturini amalga oshirdi. Buning natijasida mana shu yillar davomida bank faoliyatining bozor qiymati 150 million dollardan 5 milliard dollargacha, yillik foyda esa 85 million dollardan 500 million dollargacha borib yetdi.
Bank bugungi kunda Gollandiya va Rossiyada filiallariga ega bo'lgan kuchli holding kompaniyasiga aylandi, Turkiyaning o'zida esa sug'urta va lizing kompaniyalari muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritmoqda.
El ichida keng tarqalgan, «Bizdan keyin hech bo'lmaganda oqim qolar» iboradan farqli o'laroq, Akin Ongor o'zi yaratgan «Garanti» madaniyati doirasida yangi, «Mendan keyin - davomi...» tamoyilini joriy etishga muvaffaq bo'ldi. Bu tamoyil orqali u, bankning g'aroyib darajadagi muvaffaqiyati va bank yetakchilarining ish uslublarini aniqlab berdi.

