Bu kitobda aka-uka Grimmlarning tanlangan ertaklari jamlangan.
Ularni aka-uka Grimmlar xalq og‘zaki ijodidan yozib olib, nemis adabiy tili me’yorlariga moslashtirdilar va 1812-yilda birinchi marta nashr etdilar.
Hozirgacha bu ertaklar dunyoning 190 ga yaqin tiliga tarjima qilingan.
Ularda nemis xalqining orzu-umidlari, murod-maqsadiga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari, adolat uchun kurash, do‘stlik, Vatanga muhabbat, va’daga vafo va boshqa mavzular turli obrazlarda aks ettirilgan.

