• Brend: AISHA
• Mahsulot turi:Cho‘tkali yuz yuvish ko‘pigi
• Hajmi:150 мл
• Asosiy tarkib: Aloe Vera
• Vazifasi:Yuz terisini tozalash, namlash va parvarish qilish
• Teri turi:Barcha teri turlari uchun
AISHA Aloe Vera silikon cho‘tkali yuz yuvish ko‘pigi yuz terisini samarali va qulay tozalash uchun mo‘ljallangan. Maxsus formula terini muloyim tozalaydi, cho‘tka esa teshikchalarni chuqurroq tozalashga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Aloe vera ekstrakti terini faol namlaydi, qizarish va tortilish hissini kamaytiradi, terining tabiiy muvozanatini tiklashga yordam beradi. Yuvilgandan so‘ng teri toza, yumshoq va yoqimli bo‘ladi.
Yumshoq silikon cho‘tka kundalik foydalanish uchun mos bo‘lib, terini shikastlamaydi. Ertalab va kechqurun parvarish uchun ideal.
Barcha teri turlari, jumladan sezgir teri uchun ham mos.

