Ushu to‘plam mening ko‘p yillar davomida o‘qigan kitoblarim, ularni mutolaa qilganimda ko‘nglimda tug‘ilgan fikr-mushohada
kitob o‘qiyotganimda, ustozlardan
lardan iborat. Odatim shu ibratli hikoyatlar eshitganimda menga yangilik bo‘lib tuyulgan fikrlar, aytimlar, hayotiy xulosalar, odatiy va noodatiy musho- hadalarni yon daftarimga qayd qilib boraman. O‘zim uchun shunday qilaman. Zarur bir yumush yodimdan chiqishi mumkin, ammo kundalikka deyarli har kuni bir nimalarni qoralab qo‘yishni kanda qilmayman.
Shu ma’noda ushbu to‘plamni muallifning o‘zi uchun yozgan adabiy konspektlari deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bugun ularni hukmingizga havola etar ekanman, ishoning, men ham siz bilan birga yana muto- laaga kirishaman. Birga o‘qiymiz, siz bilan g‘oyibona bahs qilishim
mumkin.
Balki.... siz ham shunday qilarsiz? Kundalik tutishning qiyin joyi yo‘q, keyinroq bu ishingizdan shu qadar halovat topasizki, o‘zingizni to‘xtatolmay qolasiz.
Ishoning, bu qo‘lingizdan keladi.
ISBN : 9789910822094
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 176
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Янги Китоб
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Ahmadjon Meliboyev

