Sheʼr - ko‘ngil mulki. Qiyomiga yetgan kuyma satrlar bir ko‘ngilda tug‘ilib, ming ko‘ngilga yo‘l oladi, maʼnaviy mulkka aylanadi. Unda shoirning nozik his-tuyg‘ulari, qalb iztiroblari, orzu-umidlari, dard-armonlari o‘z mujassamini topadi. Shu bois ham har bir sheʼrda, eng avvalo, shoirning o‘zini, ichki dunyosini ko‘rish mumkin. Shoirni tanish uchun uning sheʼrini uqish kerak.
Azim Suyun o‘ziga, qalbida yetilib, qalamidan sheʼrlariga juda-juda o‘xshar edi. Sheʼrlari kabi hissiyotli, hayqiriqli, shiddati tog‘ daryosiday ammo serjilo ijodkor edi. Ushbu bitiklarni o‘qib, bunga siz ham amin bo‘lasiz.

