"Saodat yo‘lining eng ulug‘ va eng so‘nggi rahbari, Olloh taoloning eng sevgili quli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblariiing go‘zal, barkamol, o‘rnakli hayotlarini butun borlig‘icha aynan tasvirlash, ashobining unga nisbatan muhabbatini, vafodorlik tuyg‘ularini mukammal ko‘rsatish, dushmanlarining kin va hasadga to‘la xatti-harakatlarini to‘lasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qo‘lidan kelmaydi. Masalan, Аbu Bakr hazratlarining Janobi Rasulullohga (s.a.v.) bo‘lgan mehr-muhabbati, Аbu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksiz-chegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan gaplar ham, aytilajak gaplar xam shu ummondan bir necha qatradir, xolos.
Yuz yillarcha davom etgan tussiz, mas’uliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshi-yomon, ibrat olish mumkin bo‘lgan e’tiqod, axloq, odat va an’analar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Tavhid sanjog‘i va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash...

