Norma Restarik ismli yosh qiz mashhur Erkyul Puaroning oldiga maslahat so‘rab keladi. Qiz unga birovni o‘ldirgan qotil kabi asabiy, beqaror va tund ko‘rinadi. Ammo u qurbonning ismini, qotillik holatini, jinoyat sodir etilgan joyni eslay olmaydi. Erkyul Puaro o‘zining turmush tarzi va atrofidagi odamlarni tanib... kerakli ma’lumotlarni birma-bir to‘plab... qotillikni tergov qiladi. Bu roman ilk bor 1966-yilda Angliyada chop etilgan. Asar syujeti murakkab va mohirona qurilgan. Ushbu romanda muallif yigirmanchi asrning oltmishinchi yillaridagi zamonaviy yoshlar obrazini tasvirlaydi.

