IFOR TAVSIFI
Afnan Turathi Blue — Arabiston parfyumeriyasining eng nufuzli brendlaridan biri bo'lmish Afnan tomonidan yaratilgan, o'zining tarkibi va ruhi bilan dunyoga mashhur Bvlgari Le Gemme Tygar aromati bilan chambarchas bog'liq erkaklar atiri. Bu arab atiri birinchi sepilishdan boshlab bergamotning limonli, yorqin uchquni va mandarinning shirali-yangi akkordlari bilan ochiladi — toza, tetiklashtiruvchi va xuddi Tygar singari nur sochuvchi, engilmas boshlanish. Bu EDP sprey duxi bir necha daqiqadan so'ng o'z yuragini ochadi: amberning issiq, quruq chuqurligi yog'ochning nafis akkordlari bilan birlashib, iforga mardlik, zamonaviylik va siqilmagan elegantlik baxsh etadi. Yakunida mushk, patchouli va yangi ziravorlarning mayin, ozgina pudrasimon bazasi bu arab parfyumini terda soatlab saqlab, sof va unutilmas iz qoldiradi.
IFOR PIRAMIDASI
Yuqori notalar: Bergamot, Mandarin
O'rta notalar: Amber, Yog'och notalar
Asosiy notalar: Mushk, Patchouli, Yangi ziravorlar
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
Mavsumiyligi: Bahor, Yoz va Kuz fasllari uchun qulay.
Qo'llanish sohasi: Kundalik foydalanish, ofis, sayr, romantik uchrashuvlar va sport uchun ideal tanlov.
Atir turi: Eau de Parfum — boy va sezilarli hid.
Hajmi: 90 ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)
NIMA UCHUN SIZ AYNI TURATHI BLUE NI TANLASHINGIZ KERAK?
Afnan — 1999 yildan beri BAAning eng nufuzli va ishonchli parfyumeriya uylari qatorida turuvchi brendi. Turathi Blue esa bu brendning eng mashhur erkaklar duxisi: universal, uzoq davomli va har qanday vaziyatda munosib.
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

