IFOR TAVSIFI
Afnan Supremacy Silver — bu BAA (Dubay)da ishlab chiqarilgan arab parfyum bo'lib, dunyo bo'ylab Creed Aventus atirining eng munosib analoglaridan biri sifatida tanilgan. Flakonni ochgan zahoti siz shirali ananas, qora smorodina va bergamotning yorqin, quyoshli tiniqligini his qilasiz. Bir necha daqiqadan so'ng atirshoxi va pachuli notalari ochilib, ushbu duxi ga yog'ochsimon, biroz tutunsimon chuqurlik beradi, o'rtada esa marokash yasumini va atirgul nozik iz qoldiradi. Kun oxirida mushk, meshadubi (oakmoss) va amber terida uzoq va nafis iz qoldiradi — bu chidamli erkaklar atiri kamida 12 soat davom etadi. Bunday sifatli va boy tarkibli parfyum nafaqat kundalik foydalanish uchun, balki sovg'a sifatida ham ajoyib tanlov bo'ladi.
IFOR PIRAMIDASI
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
NIMA UCHUN SIZ AFNAN SUPREMACY SILVER NI TANLASHINGIZ KERAK?
Agar sizga Creed Aventus atirining hidi yoqsa, lekin narxi cho'ntagingizga to'g'ri kelmasa — bu arab parfyum aynan siz uchun ajoyib yechim. Yuqori sifatli tarkibi tufayli bu duxi asl nusxaga juda yaqin hid beradi, shu bilan birga narxi ancha arzon. Chidamliligi yuqori bo'lgan bu erkaklar atiri ish uchun ham, maxsus tadbirlar uchun ham mos keladi.
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

