Begona tuproqda sarson bo‘lgan taqdirlar va vatan sog‘inchi qissasi...
Sobiq harbiylarning topshirig‘i bilan urush yillarida yashirilgan xazinani izlab Afg‘oniston zaminiga qadam qo‘ygan Bo‘ron o‘zini kutilmagan va shafqatsiz sinovlar domida ko‘radi. Jangarilar asirligiga tushgan qahramon bu yerda dahshatli haqiqatga yuzma-yuz keladi: tinch aholi boshiga kulfat solayotganlar orasida uning o‘z vatandoshlari, birga xizmat qilgan quroldoshlari va hatto bolaligida boshini silagan yaqin insoni — Fathulloxon ham bor edi.
«Afg‘on shamoli» — bu shunchaki xazina ortidagi sarguzasht emas. Bu yot g‘oyalarga aldanib, o‘z yurtida yaratish va yashnatish o‘rniga begona yurtlarda xor-zor bo‘lib halok bo‘layotgan yigitlarning achchiq qismati, xiyonat va sadoqat o‘rtasidagi ayovsiz kurash solnomasidir. Har bir sahifasi kitobxonni tinchlikning qadriga yetishga va o‘zligini anglashga chorlaydi.

