Nasriddin Afandining hangomalari jahon bo'ylab keng tarqalgan bo'lib, mazmun va mantiq jihatidan turlichadir. Ularning aksariyatida Nasriddin Afandi o'zining aqli, zukkoligi va topqirligi, kulgisi bilan zamona zo'rlarining, firibgarlarning haqiqiy basharasini ochadi, ularni yengadi, yakson qiladi. Ammo ba'zi bir latifalarda Nasriddin o'ta laqma, hatto firibgar sifatida talqin qilinadi. Xo'sh, aslida Nasriddinimiz qanday odam bo'lgan? Hech shubha yoʻqki, u o'qimishli, aqlli, tadbirkor, topqir, tegirmonga tushsa butun chiqadigan, haqiqatparvar, kambag'alparvar odam edi. Uning sarguzashtlari, hikoyalari xuddi mana shu sababdan ham asrlardan asrlarga o'tib kelmoqda. Zero, hayot ham, xalq ham g'oliblarni xush ko'radi.
ISBN: 978-9943-8727-8-3
Yozuv: Lotin
Betlar soni: 160
Yili: 2023
Nashriyot: Pharos ambition
Til: Uzbekcha
Muqovasi: Qattiq

