"AfaFrost" sprey–muzlatgich shishni kamaytiradi, shish paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, gematoma hosil bo‘lishini to‘xtatadi, yallig‘lanish jarayonini sezilarli darajada kamaytiradi. Uzoq vaqt ta’sir qiladi.
Jarohatlar, shikastlanishlar, mushak va pay cho‘zilishlar/uzilishlar uchun birinchi yordam ko‘rsatish/og‘riq qoldirish uchun, harakatlanish tizimidagi o‘tkir va surunkali og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi. Terini kuydirmaydi, nojo‘ya ta’sirlarga olib kelmaydi, ta’siri tugaganda og‘riq/noqulay hissiyotlarni keltirib chiqarmaydi. Sport muzlatkichi jarohatlar uchun eng arzon va ko‘p qirrali birinchi yordam vositalaridan biridir. Sovuq terapiya sport tibbiyoti sohasidagi sportchilar va shifokorlar tomonidan, shuningdek, turli xil jarohatlarda uy sharoitida keng qo‘llaniladi.
Tarkibi: Propellent (butan, propan, izobuten), metilal, mentol, myata yog‘i, evkalipt globulus yog‘i.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Sprey komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Komponentlarga individual o‘zlashtira olmaslik.
Qo‘llanilishi: Sport, ishlab chiqarish va maishiy jarohatlar natijasida teri yuzasini, mushak to‘qimalarini va tananing boshqa qismlarini tez sovutish uchun. Shish, yallig‘lanish, ko‘karishlar, cho‘zilishlar, chiqishlar natijasidagi og‘riqni bartaraf etish uchun. Epilyatsiya o‘tkazishda, hasharotlar chaqqanda va shunga o‘xshash boshqa hollarda.
Qo'llash usuli va dozalari: Ishlatishdan oldin ballonni silkiting. Muammoli joyga 10-15 sm masofadan 2-3 soniya davomida bir tekisda aylana harakatlar bilan seping. Sovutish effektini kuchaytirish uchun vositani 5 daqiqadan so'ng qayta surtish mumkin.
Ehtiyot choralari: Ko'zga tushishiga yo'l qo'ymang, tushgan taqdirda suv bilan yuvib tashlang. Faqat shikastlanmagan teriga seping! Bir joyga haddan tashqari ko'p sepilsa terining sovuq qotishiga olib kelishi mumkin.
Saqlash sharoitlari: +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan saqlang. Ochiq olov yaqinida sepmang. E'tibor bering: Ballon bosim ostida.
Yaroqlilik muddati qadoqda ko'rsatilgan.


