O’simlik o’rta o’lchamli, palagi- o’rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda, qirqilmagan. Guli germofrodit,
erkak jinsli. Mevasi urchuqsimon shaklda, yirik hajmli. Meva vazni 4,0-7,0 kg. Meva yuzasi silliq,
rangi mevaband qismi yashil va yoqori qismi esa salkam oq tusli. Surati- tor, kam uzilgan yorqin yashil
dog’lar. To’ri to’la, meva yuzasini yoppasiga qoplagan, o’rta katakli. Po’choq qattiqligi o’rta. Meva eti qalin,
oq tusli, kam tolali, kam karsilaydigan, shirali, kam hidli. Quruq modda miqdori- 9,3-11,7%, umumiy
qand maddasi miqdori - 8,2-9,4%. Urug’xonasi o’rta hajmli. Urug’donlari quruq, urug’xonaning yarmini
egallagan. Urug’i yirik, tor uchli tuxumsimon shaklda, silliq, sariq tusli. O’rtapishar nav, maysalar paydo
bo’lishidan yetilguniga qadar o’suv davri 80-88 kun. Fuzarioz so’lish va un shudring kasalliklariga chalinishi
o’rta. Hosildorligi 25-35 t/ga.

