Alham Sharkoviyning “Sahobalardan maktublar” kitobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishga sog‘ingan, qalbida Payg‘ambarimizga chuqur muhabbat olib yurgan o‘quvchilarga bag‘ishlangan samimiy asardir. Kitob sahobalar ruhida yozilgan maktublar orqali Payg‘ambarimizning hayot yo‘li, boshdan kechirgan sinovlari va ummatga bo‘lgan cheksiz mehrini eslatadi.
Asarda Toifdagi toshbo‘ronlar, Abu Tolib darasidagi ochlik, hijrat yo‘lidagi ko‘z yoshlari va “Allohim, ummatimga rahm qil” deya o‘tkazilgan bedor tunlar yodga olinadi. Shuningdek, Abu Bakr roziyallohu anhuning “Sizdan keyin ham yashaymizmi?” degan savoli, Abu Zarr roziyallohu anhuning “Nafsim mening ulovim” degan hikmati orqali nafs tarbiyasi, jismoniy va ruhiy g‘amxo‘rlik masalalari yoritiladi.
Asar o‘quvchini mahzunlikka emas, balki “Uchrashuv joyimiz Havzda” degan umid va tasalli bilan ruhlantiradi. Kitob qalblarga nur, sog‘inchlarga taskin va imonga mustahkamlik baxsh etadi.
ISBN : 9789910818806
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 359
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Falaq nashr
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Adham Sharqoviy

