• ISBN: 978-9910-9179-6-7, Muallif: Normurod Norqobilov, Til: O‘zbekcha, Yozuv: lotin, Betlar soni: 260, Nashriyot: Readbook, Muqovasi: Yumshoq, Qog‘oz formati: A5, Bichimi: 84х108 1/32, Chop etilgan yili: 2024
Normurod Norqobilov hozirgi kunda samarali ijod qilayotgan qalamkashlardan biridir. Adibning e'lon qilinayotgan qissa, hikoyalaridagi obrazlarning o'ziga xosligi, qahramonlarning quvonch-u iztiroblari, xalqona va shirali tili kitobxonlar nazariga tushdi. Yozuvchining kitoblari o'quvchilar mehrini qozondi.
"Adadsiz azob" nomli qissada muallif tasodifan cheksiz boylikka ega chiqqan Nodir cholning tashvish-u o'ylarini qalamga olgan. Turmush o'rtog'idan erta ayrilgan bu qariya yolg'izlikdan azoblanadi. Buning ustiga Norqo'zi polvondan qolgan tillolar fikr-u o'yini band etgan. Yozuvchi bu asarida boylik har doim ham insonga baxt keltiravermasligini, asl baxt insonlarning, ayniqsa farzandlarning mehr-u oqibatida ekanligi yorqin bo'yoqlarda tasvirlab bergan.
Shuningdek, ushbu to'plamdan Normurod Norqobilovning eng sara hikoyalari o'rin olgan.

