«Adabiyot. 6-sinf» — 6-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan darslik bo‘lib, o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalarini o‘rganishga xizmat qiladi. Kitobda xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalari, she’rlar, hikoyalar, rivoyatlar va boshqa badiiy asarlar jamlangan. Darslik o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini, badiiy tafakkurini, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, adabiy asarlarni tahlil qilish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglashga yordam beradi.

