O‘qituvchi otang bo‘lsa, darsga ulgurish oson emas. Ammo Ada Leys uchun bu yanada qiyinroq: u fan va texnikani juda yaxshi ko‘radi, miyasida esa faqat formulalar va tenglamalar bor. Uning otasi esa rassom va hozir ularning sinfida rasmdan dars beradi.
Adaning eng yaqin dugonasi Nina ijodiy g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan va yangi o‘qituvchi bilan tezda til topishib ketadi. Adada esa san’atga nisbatan hech qanday iste’dod yo‘qdek. U qanchalik ko‘p harakat qilsa, shunchalik yomon bo‘ladi va oxir-oqibat Ada juda g‘azablana boshlaydi.
Balki u tanlov uchun yasayotgan robot uning rasm chizish bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga yordam berar?

