Uchinchi sinf o‘quvchisi, olim va ixtirochi Ada Leys dahshatli kashfiyot qiladi. Qo‘shnisining sevimli Yorkshir tereri o‘g‘irlab ketilgan.
Adaning yangi sinfdoshi Nina itni o‘zga sayyoraliklar o‘g‘irlab ketganiga ishonadi. Lekin Nina ham alomatlarga, ko‘z tegishiga, g‘ayritabiiy hodisalarga ishonadi-ku. Ada esa haqiqiy o‘g‘rini faqat fan va texnika, ya’ni eng zamonaviy gadjetlar yordamida topish mumkinligiga ishonadi.
Tergovdagi har bir yangi qadamda aniq bo‘ladiki, Ada va Nina bir-biridan shunchalik farq qiladi... Eng yaxshi dugonalar bo‘lishlari mumkin!

