Yuz uchun niqob intensiv namlash va terini nozik oqartirish uchun mo'ljallangan. U terini uzoq vaqt matirlashtiradi va ichki yorqinlik va poklikni bahsh etadi. Niqob tarkibidagi Arbutin pigmentatsiyani minimallashtirish va terini oqartirishni ta’minlaydi. Ruh oksidi yaxshi qoplash xususiyatiga ega, terining nuqsonlarini yashiradi va ultrabinafsha nurlanish ta’siridan himoya qiladi. Kaolin yallig'lanishni quritadi. Salitsil kislotasi terini tozalovchi ta’sir ko'rsatadi, terining rangini, holatini va relyefini yaxshilaydi. Niatsinamid terining himoyalovchi funksiyalarini yaxshilashga yordam beradi, terini yumshatadi, namlaydi va tinchlantiradi. Petrushka ekstrakti terining mayda shikastlarini bartaraf etishga, qizargan joylarini oqartirishga va yuz rangini yoritishga, ajinlar paydo bo'lishining oldini olishga va mavjudlarini tekislashga yordam beradi.
Tarkibi/ingredients: Aqua, Stearic Acid, Glyceryl Stearate SE, Glycine Soja Oil, Cetearyl Alcohol, Zinc Oxide, Kaolin, Arbutin, Propylene Glycol, Glycerin, Phenoxyethanol, Paraffinum Liquidum, Niacinamide, Triethanolamine, Parfum, Xanthan Gum, Salicylic Acid, Petroselinum Srispum Seed Extract, Salix Alba (Willow) Bark Extract, Allantoin.
Qo'llashga oid tavsiyalar: toza yuz terisiga 15-20 daqiqaga surting, so'ng suv bilan yuvib tashlang. Haftasiga 1-2 marta qo'llang. Uni pigment dog'ning o'ziga yoki terining muammoli joyiga (har kuni) mahalliy tarzda ishlatish mumkin. Yanada katta samaraga erishish uchun niqobdan keyin UF-himoyalovchi spf 25 bilan oqartiruvchi Achromin krem-flyuiddan va Achromin markasiga mansub boshqa mahsulotlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: kosmetik vositaning komponentlariga individual chiday olmaslik.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.
Turkum raqami va ishlab chiqarilgan sanasi
tubaning chokida ko'rsatilgan.
Hajmi 100 ml
Rossiyada ishlab chiqarilgan

