Ushbu ko’p funksiyali ta’minlash manbai sizning ko’plab qurilmangizga tushadi. Sababi unda bir necha turdagi shtekrlar va turli hildagi kuchlanish (Volt)lar mavjud.

Birgina ta’minlash manbaida 8 dona turli shtekrlar va 7 hil kuchlanish bera olishi – bu ta’minlash manbaining universialligini beradi. Undagi indicator chiroqlari yordamida siz qanday kuchlanishda ekanini ko’rishingiz mumkin. Ishlatishga osoon bo’lishi uchun yengil va ixcham qilib ishlangan. Uning yordamida – Hp, Asus, Acer, Dell, Lenovo, Toshiba, kabi noutbuklar, monitorlar, televizorlar va boshqa ko’plab qurilmalarni ishga tushirishingiz mumkin. Eng asosiy va muhim jihati siz qurilmangizga qanday shtekr va kuchlanish kerakligini bilib, unga mosini tanlab, musbat va manfiyligiga qarab ulasangiz bas.
- Tovarni harid qilganda komplektini to’liq ekanini va ishlashini tekshirib oling
- Tovarni tokka ulashdan avval – qurilmangizga mos keluvchi shtekrni tanlab oling
- Shtektni musbat manfiy(±) tamonlarini to’g’ri ulanayotganiga ahamiyat qarating
- Qurilmangizga qanday kuchlanish (volt) kerakligini bilib oling va ta’minlash manbayidan o’zingizga mos voltga qo’ying. Bunda ta’minlash manbayining yon tamonidagi maxsus surgich suriladi va chiroqchasiga (indikatorga) qaraladi.
- Mos shtekrni ±qarab ulanadi, kerakli voltga qo’yiladi va undan keyin 220 voltga ulanadi.
Keragidan ortiq kuchlanish, shtekrning musbat yoki manfiyligini noto’g’ri ulanishi qurilmangizni ishdan chiqarishi mumkin. Shu sabab volt tanlashda va ±da ahamiyatli bo’ling.
Xususiyatlari:
- Kirish kuchlanishi: 200–240V AC
- Chiqish kuchlanishi: sozlanishi 12V, 15V, 16V, 18V, 19V, 20V, 24V
- Quvvat: 96W
- Chiqish oqimi: 4–4,5A
- Himoya: Haddan tashqari yuqori kuchlanish va qisqa tutashuvdan himoya qilish

