AC/DC adapter JCH-2402 modeli 100–240V, 50/60Hz oralig‘idagi tarmoq kuchlanishini qabul qilib, uni barqaror 24V 2A doimiy tokka aylantiradi. Qurilma 24V talab qiluvchi uskunalarni quvvatlantirish va barqaror ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Adapter faqat ichki xonalarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, korpusida xavfsizlik ogohlantirishi — “DO NOT OPEN” (OCHMANG) yozuvi mavjud. Shu sababli adapterni ochish yoki ta’mirlashga urinish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llanilishi:
- 24V kuchlanishda ishlaydigan elektron qurilmalar
- Kichik va o‘rta quvvatli uskunalar
- Signal va boshqaruv tizimlari
- LED uskunalar (mos keladigan modellarda)
Texnik xususiyatlar (Xarakteristika)
- Modeli: JCH-2402
- Turi: AC/DC kommutatsiyalanuvchi adapter (blok pitaniya)
- Kirish kuchlanishi: AC 100–240V, 50/60Hz
- Chiqish kuchlanishi: DC 24V 2.0A
- Vazifasi: 24V qurilmalarni quvvatlantirish
- Xavfsizlik: “DO NOT OPEN” ogohlantirishi
- Foydalanish sharoiti: faqat ichki xonalarda
- Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
- Eslatma: xarid oldidan chiqish raz’yomini mosligini tekshiring