• Abu Homid G‘azzoliy: Ihyou Ulumid din
Ming yil narisidan butun dunyoda "Hujjatul Islom" unvoni bilan ulug‘lanib kelayotgan Imom Abu Homid G‘azzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha eʼtiborga olib, teran tafakkur va idrok etish, tushunish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eʼtiqodiy masalalarga alohida hassoslik, mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan bu sifatlar, shubhasiz, o‘quvchilarni ham insonning dunyoga kelishidagi ilohiy hikmat, yashashidan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur o‘ylashga undaydi.

