Safar qissalari turkumini bitishga kirishgan Abror Pir Muhammadning ushbu kitobida futbol jamoasi tarkibida Saudiya Arabistoniga qilingan safarlar tafsilotlari hamda muqaddas umra ziyorati davomidagi ichki kechinmalar tasvirlangan. Mazkur yo'lbitikda qirollikdagi muqaddas qadamjolar, e'tiborga molik manzillar tavsifi, turli davrlarda saudlar diyoriga kelib qolgan o'zbek muhojirlarining taqdiri hamda shunga o'xshash qator qiziqarli va ibratli hikoyalar o'rin olgan. Kitob mutolaasi qalbingizga zavq-shavą, ruhingizga tetiklik olib kiradi degan umiddamiz.

