• Nashriyot: "DAVR PRESS" NMU Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Azizbek Hamidov, Asqarali Allayorov
• Sahifalar soni: 304
• Muqova: yumshoq.
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Bu kitob – oddiy sahifalar emas, u sizning orzularingiz sari ochilgan eshikdir.
Har bir sahifasida umid, har bir savolida g‘alabaga bo‘lgan ishonch mujassam.
Agar siz bugun bu kitobni qo‘lingizga olgan bo‘lsangiz, demak siz tanlangan yo‘ldan qaytmaydigan insonsiz. Oldingizda turgan yo‘l mashaqqatli bo‘lishi mumkin, ammo uning oxiri yorug‘ va sharaflidir. Har bir mashq sizni kechagi o‘zingizdan kuchliroq qilib tarbiyalaydi. Har bir yechilgan test kelajakdagi muvaffaqiyat sari tashlangan mustahkam qadamdir. Bu kitob sizga faqat bilim emas, balki o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham beradi. Charchagan onlaringizda u sizga sabr va kuch bag‘ishlaydi. Ikkilanayotgan paytingizda esa qat’iyatni eslatadi. Siz bugun qilayotgan mehnatingiz bilan ertangi taqdiringizni bunyod etyapsiz. Hech bir mehnat, hech bir harakat behuda ketmaydi. Bu sahifalar sizni maqsadga yaqinlashtirib boradi.
Oxir-oqibat siz nafaqat sertifikatni, balki o‘zingiz ustidan qozonilgan eng katta g‘alabani qo‘lga kiritasiz. Bu g‘alaba sizning mashaqqatli mehnatingizning haqqoniy samarasidir. Ishoning, siz bunga albatta loyiqsiz.
Bizda mavjud ushbu imkoniyatda foydalanib , kitobning shu darajaga kelishigacha bizni qo‘llab, duo qilib turgan ota-onalarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Respublikadagi kuchli ustozlar qatorda bo‘lgan Romitan tumani 11-son IDUM ning oliy toifali o‘qituvchisi ustozim Xayitova Shaxlo Umarovnaga, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Qo‘chqorova Sadoqat To‘lisovnaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

