Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Azizbek Hamidov, Asqarali Allayorov, Nargiza Sobirova
Sahifalar soni: 224
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Mazkur “Biologiya yozma ish topshiriqlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi biologiya fanidan bilimlarni chuqurlashtirish, masalalarni mantiqiy tahlil qilish, biologik jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash hamda yozma topshiriqlarni to‘g‘ri va izchil bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan.
Qo‘llanmada biologiyaning asosiy bo‘limlari bo‘yicha turli murakkablik darajasidagi yozma topshiriqlar, masalalar va mantiqiy savollar jamlangan. Topshiriqlar o‘quvchining nafaqat nazariy bilimini, balki biologik qonuniyatlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish, tahlil qilish, taqqoslash va xulosa chiqarish qobiliyatini ham baholashga yo‘naltirilgan.
Kitob, ayniqsa, biologiya fanidan sertifikat imtihonining II bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar, abituriyentlar hamda biologiya fanini chuqur o‘zlashtirishni istaganlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Topshiriqlarga berilgan batafsil va tushunarli yechimlar orqali o‘quvchi masalani faqat javobini topish emas, balki uni yechish mantiqini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qo‘llanma mustaqil tayyorgarlik, individual mashg‘ulotlar va o‘qituvchi rahbarligidagi dars jarayonlarida foydalanish uchun tavsiya etiladi.

