Agar yana biroz muddat eski g‘aflatingizni davom ettirsangiz, din va millatingizning g‘amini yemasangiz, sharaf va nomusingizning muhofazasini o‘ylamasangiz, mehribon ona vataningizning huquqini unutsangiz, jahongir Temur bobongizning sha’ni va izzatiga xiyonat qilsangiz, bu mujassamani vahimalar doirasidan ham chiqarib tashlab, nom-nishonsiz, sharafsiz, izzatsiz rohat uyida azal-abad uxlayapsiz!

