«Abdurahmon ibn Avf (roziyallohu anhu)» — islam tarixidagi buyuk sahobalardan biri Abdurahmon ibn Avfning ibratli hayoti va faoliyati haqidagi kitob. Asarda uning odob-axloqi, muomala madaniyati, saxovatpeshaligi va ezgu amallari ishonchli manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, uning Rasululloh ﷺ tomonidan hayotlik chog‘ida jannat xushxabari berilgan sahobalardan biri sifatidagi maqomi haqida maʼlumotlar keltiriladi. Kitobda Abdurahmon ibn Avfning pand-nasihatlari, duolari va hayotidan olinadigan maʼnaviy saboqlarga ham o‘rin berilgan. Asar o‘quvchini saxovat, halollik, yaxshi muomala, taqvo va ezgulik kabi fazilatlarga intilishga undaydi. Kitob so‘ngida mavzuga oid ulamolar maqolalari hamda Abdurahmon ibn Avfning ziyoratgohlari haqidagi maʼlumotlar keltirilgan.

