Ushbu kitobda jamlangan hikmatlar shu nuqtayi nazardan qimmatlidir. Unda insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk shaxslarning hayotiy tajribalaridan qimmatli maslahat va xulosalar bayon etilgan. Bu hikmatli so‘zlar o‘zining qisqa va lo‘ndaligi, mazmun qamrovining kengligi va soddaligi bilan nafaqat farzandlarimiz, balki ularning ota-onalari uchun ham muhim dasturilamaldir.

