"Jajji alifbe" maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadi — bolalarga alifbo harflarini o‘yin shaklida o‘rgatishdir. Har bir mashg‘ulot bolalarni yangi harflar bilan tanishtiradi va shu bilan birga o‘tilgan materialni mustahkamlaydi. Bolalar harflarni o‘rganish jarayonida ularning shakllarini albomga chizadilar va ota-onalari bilan birgalikda shu harflar bilan boshlanadigan so‘zlarning rasmini chizadilar. Qirqib olingan harflar yordamida bo‘g‘in tuzadilar.

