Ushbu krossvord ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun so‘zlarni yodlab olishga yordam beruvchi qo‘llanma hisoblanadi. Krossvord o‘quvchining tasavvurini kengaytirish, lug‘at boyligini oshirish va xotirasini rivojlantirishga yordam beradi.
Krossvord 30 ta mavzu bo‘yicha 400 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga oladi. O‘quvchi ushbu so‘zlarni yodlab olgach, ularni krossvorddan topib, bilimlarini mustahkamlashi mumkin. Bu usul o‘rganilgan so‘zlarni yanada yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘quvchi rasmlardagi turli buyumlarning shakli va ko‘rinishlarini izlash orqali xotirasini ham rivojlantiradi.
ISBN: 978-9943-8600-0-1
Qog‘oz formati: A4
Muqovasi: yumshoq
Betlar soni: 53
Chop etilgan yili: 2022
Nashriyot: Green Study
Yozuv: kirillcha
Til: ruscha

