Abdulla Qahhor ijodida hajman katta boʻlmagan, ammo keng qamrovli hikoyalari alohida oʻrin tutadi. Uning har bir hikoyasi taʼsirchanligi, tasvirning rangli va ayni paytda hayotiyligi, oʻtkir hamda tesha tegmagan iboralari bilan oʻziga xos.
Ushbu kitobda yozuvchining sara hikoyalari jamlandi. Aksar hikoyalarda odamlar orasida uchrab turadigan illatlar, oʻtmishda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, oʻsha davrdagi ayrim amaldorlarning kirdikorlari baʼzan hajv yoʻli bilan, baʼzan esa oʻquvchi qalbini larzaga solarli voqealar asosida tasvirlangan.
Kishilarning dard-u quvonchlari, orzu-armonlari umuman, hayotning ogʻriqli nuqtalarini teran nigohi ila tasvirlagan yozuvchi asarlarini oʻqib, aniqki, soʻz qudratiga yana bir bor tasanno aytasiz.

