Murakkam samovar ko'tarib kirdi. Hamida irg'ib turib, samovarni opasining qo'lidan oldi va stolga qo'ydi. U homilador xotinga samovar ko'tartirib, qarab o'tirgan pochchasidan o'pkalamoqchi edi, biroq uyaldi, indamadi. O'rtoq Boqijon Baqoyev juda chanqab turgan ekan, ustma-ust to'rt piyola choy ichdi va terladi.

