Abdulla Avloniy Turkiston milliy uyg'onish adabiyotining e'tiborli vakillaridan, shoir, dramaturg, jurnalist. Ayni paytda, murabbiy, ilk darsliklar muallifi. «Maktab», «Nashriyot» shirkatlari muassisi. O'zbek teatrining asoschilaridan — Toshkentdagi «Turon» teatr havaskorlari to'dasining tuzuvchisi. Nihoyat, Afg'oniston va Turkiston o'rtasidagi o'zaro qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatishga uringan yangi davr diplomatlaridan edi. Ushbu nashrda adib iste'dodining xilma-xil qirralarini ifoda etuvchi asarlaridan namunala r berishga harakat qilindi.

