Bizim bu Afg'oniston safarimiz uzog' cho'zildig'indan Kobuldan ekon vaqtimizda olti oy to'luv munosabati ila 8-Sho'rolar qurultoyim chaqrildig'in xabarin g'azitalarda o'qub, bu qurultoy nima natija verajak, deya to'rt ko'z ila muntazir edik. Bu miyonada birdan g'azitarlar Toshkanda gimnazistlar biroz bosh ko'tarub, hukumatg'a qarshu harakatda bo'lub-da munhazam o'ldiqlarim, so'ngroq Turkiston hukumat a'zolari, ya'ni Kazako'f, Uspenskiylar firqa (gruffa)si Qo'buzo'fga g'alaba cholub, Qo'buzo'fni(ng) tutub qamaganlarin, so'ngra yana qamoqdan xalos bo'lg'onlig'in, so'ngra yana Qo'buzo'f qo'rquvidan qochub yoshiringanlig'in xabarin keturmish edi.

